» » Tramp Shimoliy Koreyani terrorizm homiylari ro‘yxatiga qaytarishini ma’lum qildi

Tramp Shimoliy Koreyani terrorizm homiylari ro‘yxatiga qaytarishini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin orada Shimoliy Koreyani terrorchilikka homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

Trampga ko‘ra, buni allaqachon amalga oshirish lozim edi. U, shuningdek, Pxenyan yadro quroli va ballistik raketalar ishlab chiqish hamda sinovdan o‘tkazishni to‘xtatmagani uchun Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni va’da qildi.

AQSh Davlat departamentining terrorchilikka homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan hozirda Suriya, Sudan va Eron o‘rin olgan.

KXDR 1988-yili mamlakat maxsus xizmatlari Janubiy Koreya yo‘lovchi samolyoti portlashini uyushtirganidan so‘ng shunday davlatlar qatoriga kiritilgandi. Biroq 2008-yilda AQSh prezidenti kichik Jorj Bush Pxenyanning yadro quroli sohasida tadqiqotlar olib bormaslik va’dasi tufayli Shimoliy Koreyani mazkur ro‘yxatdan chiqargandi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют