» » “O‘zsanoatqurilishbank” va Commerzbank: 20 yillik hamkorlikning yangi bosqichi

“O‘zsanoatqurilishbank” va Commerzbank: 20 yillik hamkorlikning yangi bosqichi


“O‘zsanoatqurilishbank” va Commerzbank AG hamkorligi ko‘p yillik tarixga ega. Hamkorlikka Commerzbank AG’ning 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘i evaziga “Sho‘rtan” GKK qurilishi moliyalashtirilgan va unga 1997-yilda asos solingan.

Dastlab 1999-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Eksport-kredit agentliklari sug‘urtasini qoplash asnosida Yevropa uskunasini xarid qilishni moliyalashtirish uchun 25 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi jalb etilib, savdoni moliyalashtirish operatsiyalari uchun 10 million AQSh dollari miqdorida limit ajratilgan edi.

Ushbu hamkorlik ko‘lami yildan yilga kengayib bormoqda, natijada 2016-yil yakuniga kelib kredit liniyasi summasi miqdori 150 million yevrogacha ko‘paytirildi.

O‘zbekiston—Germaniya hamkorligi natijasida tuzilgan banklararo bitimlar doirasida umumiy qiymati 28,2 million yevroga teng 15 ta loyiha moliyalashtirildi.

Bundan tashqari, Commerzbank va “Kredit Suis” (Shveysariya) banklari konsorsiumi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 115,6 million AQSh dollariga teng “Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasining 2017-yil 14—16-noyabr kunlari Germaniyaga tashrifi hamda Myunxen shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Germaniya biznes-forumi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” va Commerzbank O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlash uchun mavjud kredit liniyasi miqdorini 200 million yevrogacha ko‘paytirish haqida qo‘shimcha kelishuvni imzolandi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (21-11-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют