» » Karate Tokio—2020 dan boshlab Olimpiada o‘yinlari orasiga qo‘shildi. Uning prezidenti esa Toshkentga tashrif buyurdi

Karate Tokio—2020 dan boshlab Olimpiada o‘yinlari orasiga qo‘shildi. Uning prezidenti esa Toshkentga tashrif buyurdi


Toshkentga Butunjahon Karate Federatsiyasi (World Karate Federation — WKF) prezidenti Antonio Espinoz tashrif buyurdi. Bunga qadar Espinoz Markaziy Osiyoda bo‘lmagandi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati.

Janob prezidentni poytaxtda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov hamda tashkilot vitse-prezidenti Farhod Turdiyev kutib oldi. Espinozga safari davomida WKF vitse-prezidenti general-mayor Nosir Abdulrazzoq Ar-Razzoqiy, WKF Ijroqo‘mi a’zosi va bir vaqtning o‘zida Saudiya Arabistoni karatesi rahbari Ibrohim Muhammad Al-Gannas hamrohlik qilgan.

Mehmonlar MOQ binosida joylashgan respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan tanishtirilgach, WKF prezidenti Toshkentda Osiyo karate markazini ochish taklifini berdi. Uning aytishicha, Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston karate eng rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Qolaversa, O‘zbekiston Karate Milliy Federatsiyasi prezidenti Alamjon Mullayev amalga oshirayotgan ishlar ham jahon e’tiborida turibdi.

MOQ bosh kotibi Oybek Qosimovning aytishicha, O‘zbekistonda ayni vaqtda 50 mingdan ziyod yoshlar karate bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Sondagi bu ko‘rsatkich sifatga ham ta’sir o‘tkazib, o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro maydondagi obro‘si o‘sib borayotganiga urg‘u berildi.

Olimpiadada karate musobaqalari 6 ta vazn toifasida o‘tkaziladi. Shularning 3 tasi erkaklarga va 3 tasi ayollarga tegishli. Kata uchun esa alohida 2 vazn ajratilgan, demak, jami 8 ta vazn. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi boshlanishiga karatechilar uchun 80 ta kvota ajratgan, ya’ni, har bir vazn toifasi uchun 10 tadan sportchi. Ko‘rinib turibdiki, Olimpiadaga yo‘llanma olish oson bo‘lmaydi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют