» » Janubiy Koreyaning to‘rt universitetiga O‘zbekistonda filiallar ochish taklif qilindi

Janubiy Koreyaning to‘rt universitetiga O‘zbekistonda filiallar ochish taklif qilindi


O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim dargohlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bo‘yicha matbuot markazi ma’lum qildi.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev tarkibidagi delegatsiya OTMlar rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlar O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga uyushtiradigan tashrifi arafasida o‘tkazildi.

Janubiy Koreyaning uch yetakchi universiteti umumiy qilib SKYUniversities deyiladi. Bu so‘z universitetlar nomlarining birinchi harflaridan tuzilgan. Bular — Seul milliy universiteti (Seoul National University), Koryo universiteti (Korea University) va Yonsey universiteti (Yonsei University).

O‘zbekiston delegatsiyasi samarador hamkorlik o‘rnatish uchun aynan shu universitetlar rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, Xanyang texnologiya universiteti (Hanyang University) rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.

Suhbat davomida tomonlar mazkur universitetlarning filiallarini O‘zbekistonda ochish, shuningdek, hamkorlikning boshqa istiqbolli masalalarini ko‘rib chiqdi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют