» » Zimbabve parlamenti Mugabening impichmenti haqida qaror qabul qildi

Zimbabve parlamenti Mugabening impichmenti haqida qaror qabul qildi


Zimbabve parlamenti mamlakat prezidenti Robert Mugabening impichmenti haqida qaror qabul qildi. Bu haqda, hukmron “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti” partiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Unda vakolatini topshirish uchun 24 soat vaqt bor”, — ma’lum qilindi partiyaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Oldinroq partiya vakillari Mugabega 20-noyabrga qadar o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqish imkoniyatini bergan edi.

Bundan tashqari, u partiya raisligidan chetlatilgan edi.

Shunga qaramay, oxirgi chiqishida Mugabe iste’fo bermasligini bildirdi. Ultimatumga ko‘ra, bu holatda partiya unga qarshi impichment e’lon qilishi lozim edi. Shu asosda hukmron partiya Mugabening iste’fosi bo‘yicha rezolyutsiya tayyorladi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют