» » Toshkentda Lacetti haydovchisi piyodani urib ketdi

Toshkentda Lacetti haydovchisi piyodani urib ketdi


Toshkentning Yashnobod tumanida Lacetti avtomoboli ishtirokida ro‘y bergan YTHda ikki kishi, shu jumladan, mashina haydovchisi jabrlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Aytilishicha, 19-noyabr kuni 05:00 larda Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Azimov” XK do‘koni qarshisida 1990-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Shundan so‘ng rul boshqaruvini yo‘qotib, do‘konning devoriga urilgan.

YTH oqibatida 1988-yilda tug‘ilgan piyoda “o‘ng boldir suyagining sinishi” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Haydovchi “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan TTA-2 ga olib borilgan.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют