» » Dam olish kunlari Toshkentda birinchi qor yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari Toshkentda birinchi qor yog‘ishi kutilmoqda


25–26-noyabr kunlari O‘zbekistonda havo haroratini pasayishi hamda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 23–24-noyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, 25–26-noyabr kunlari yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda 26-noyabr kuni yomg‘ir qorga o‘tishi mumkin. 23-noyabr kechki soatlarda havo harorati +2...+7, kunduzi +15...+20, 24-noyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +15...+20, 25–26-noyabr kunlari kechasi +2...+7, kunduzi +7...+12 darajagacha.

Qoraqalpog‘istonda 23-noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 24-noyabr kuni alohida tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi, 25-noyabrda esa ayrim hududlarda yomg‘ir qorga o‘tishi mumkin. 26-noyabr kuni ayrim tumanlarda qor yoki yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 23-noyabr kuni havo harorati kechasi +2...+7, kunduzi +13...+18, 24–26-noyabr kunlari kechasi 0...-5, kunduzi 0...+5 darajagacha.

Xorazm viloyatida 23-noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 24-noyabr kuni alohida hududlarda yomg‘ir kuzatiladi, 25-noyabrda yomg‘ir qorga o‘tishi mumkin. 26-noyabr kuni qor yoki yomg‘ir kuzatilishi mumkin. 23-noyabrda havo harorati kechasi +3...+8, kunduzi +13...+18, 24–26-noyabr kunlari kechasi 0...-5, kunduzi 0...+5 darajagacha.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 23–24-noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmayapti, 25–26-noyabr kunlari yomg‘ir yog‘adi, 26-noyabr kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin. 23-noyabr kuni havo harorati kechasi +2...+7, kunduzi +15...+20, 24-noyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +15...+20, 25–26-noyabr kunlari kechasi +2...+7, kunduzi +7...+12 darajagacha.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 23–24-noyabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 25–26-noyabr kunlari yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 23-25 noyabr kechasi +5...+10, kunduzi +17...+22, 26-noyabr kuni +10...+15 daraja.

Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida 23–25-noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmayapti, 26-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +2...+7, kunduzi +13...+18 daraja.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23–24-noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 25–26-noyabr kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati 23–24-noyabr kunlari kechasi 0...+5, kunduzi +9...+14, 25–26-noyabr kunlari kechasi -3...-8, kunduzi 0...+5 darajagacha.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 22:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...