» » Apple Xitoydagi onlayn-do‘konidan Skype’ni o‘chirib tashladi

Apple Xitoydagi onlayn-do‘konidan Skype’ni o‘chirib tashladi


Microsoft kompaniyasiga tegishli Skype messenjeri Xitoyning dasturlar ko‘chirish servislaridan, shu jumladan, Apple kompaniyasining App Store do‘konidan o‘chirildi. Bu haqda, The New York Times nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Apple vakili 21-noyabr kuni Skype Xitoydagi App Store’dan o‘chirilganini ma’lum qildi. Kompaniya Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligidan App Store’dagi bir qator VoIP-dasturlar mamlakat qonunlariga mos kelmasligi haqida xabarnoma oldi. Shundan so‘ng bu qaror qabul qilindi.

Microsoft vakili bu holat vaqtincha ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda, kompaniya messenjerni onlayn-do‘konga tezroq qaytarish ustida ishlamoqda.

Do‘kondan o‘chirilganiga qaramay, messenjer Xitoy hududida ishlashda davom etmoqda.

The New York Times nashri Skype o‘chirilishini hukumatining internetni nazoratga olishga yana bir urinishi bilan tushuntirmoqda. Sentabr oyida Xitoyda Facebook kompaniyasiga tegishli WhatsApp messenjeri vaqtinchalik bloklangan edi. Gmail, Facebook, Twitter va Telegram servislari ham bloklangan edi. Bu servislar shifrlashdan foydalanadi, buning natijasida Xitoy maxsus xizmatlari foydalanuvchilarning xabarlarini kuzatishga qiynaladi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют