» » “Siti” Chempionlar Ligasidagi 5-o‘yinida ham zafar quchdi. “Shaxtyor” Neapolda tor-mor etildi

“Siti” Chempionlar Ligasidagi 5-o‘yinida ham zafar quchdi. “Shaxtyor” Neapolda tor-mor etildi


Angliyaning “Manchester Siti” klubi Yevropa Chempionlar Ligasidagi qoqilishsiz yurishini davom ettirdi.

Gollandiyada “Feyenoord” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan “shaharliklar”, javob o‘yinida 1 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Bellashuv yakuniga 2 daqiqa vaqt qolganida Rahim Sterling jamoasiga g‘alaba keltirgan golni kiritdi.

Shu tariqa “Siti” 5 ta o‘yinda 15 ochko jamg‘arib, 100 foizlik natija qayd etib turibdi. Hozirgacha 4 tadan o‘yinda maydonga tushgan “Yunayted” va “PSJ” klublari ham ochko yo‘qotib ulgurmagan.

Guruhdagi ikkinchi bellashuvda Neapolning “Napoli” klubi “Shaxtyor”dan alamini oldi. Tomonlarning Ukrainada kechgan o‘yinida “konchilar” 2:1 hisobida zafar quchgandi. Javob o‘yinida “Napoli” yirik — 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Shaxtyor” so‘nggi turni o‘z uyida “Siti”ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuvdagi 1 ochko ham ukrain klubini pley-off sari yetaklaydi. “Siti” allaqachon guruh peshqadamligini hal qilib qo‘ygan. “Napoli” keyingi bosqichga yo‘l olishi uchun “Shaxtyor” mag‘lub bo‘lishi, o‘zi esa g‘olib chiqishi kerak bo‘ladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“F” guruhi. 5-tur o‘yinlari

21-noyabr, seshanba

Gollar: Lorenso Insinye, 56 (1:0). Pyotr Zelinski, 81 (2:0). Dris Mertens, 83 (3:0).

Gol: Rahim Sterling, 88 (1:0).

Опубликовано: admin (22-11-2017, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют