» » Shayxontohurlik fuqaroning uyidan bosqinchilik yo‘li bilan 25 ming dollarni olib ketgan shaxslar qo‘lga olindi

Shayxontohurlik fuqaroning uyidan bosqinchilik yo‘li bilan 25 ming dollarni olib ketgan shaxslar qo‘lga olindi


Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 2017-yilning 14-noyabr kuni soat taxminan 23:55 da noma’lum shaxslar fuqaro Asomiddin Asilbekovning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Shundan so‘ng noma’lum shaxslar uy egasiga hujum qilib, pichoq qo‘llash va tan jarohati yetkazish bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan 25 ming AQSh dollari miqdoridagi pullar va Samsung rusumli uyali telefonini egallab, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov- tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Asliddin Fozilov, Abdulla Aysanov, Oybek Musayev, Zoxidxon Bositxonov va Davron Niyozov sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining ismi va familiyasi o‘zgartirilgan.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют