» » Lobanovning qilig‘i uchun “Paxtakor” 50 million, Lobanovni so‘kkan muxlislari uchun “Nasaf” 100 million to‘laydi

Lobanovning qilig‘i uchun “Paxtakor” 50 million, Lobanovni so‘kkan muxlislari uchun “Nasaf” 100 million to‘laydi


O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turidan joy olgan “Nasaf” — “Paxtakor” o‘yini PFL tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Tashkilot matbuot xizmatining xabar berishicha, qo‘mita asosiy e’tiborini o‘yindan keyingi holatga qaratgan.

“Paxtakor” darvozaboni Aleksandr Lobanov o‘yin yakuniga yetgach, “Nasaf” muxlislari tomonidan haqorat qilindi. Bunga javoban darvozabon ham ularni haqorat qilib o‘tdi.

O‘yinning ertasiga “Paxtakor” rahbariyati yig‘ilish o‘tkazib, darvozabon Aleksandr Lobanovni tanqid ostiga oldi hamda uni jarimaga soldi. Shuningdek, “Paxtakor” bu kabi ishlarga qarshi ekani ma’lum qilindi.

O‘z navbatida PFL ham Lobanovning hatti-harakatini o‘rganib chiqib, “Paxtakor”ni 50 million so‘m jarimaga tortdi.

Shuningdek, PFL “Nasaf” fanatlarini muxlislik madaniyatiga zid harakat qildi deb hisoblab, Qarshi klubini 100 million so‘m jarimaga tortdi. Agar “Nasaf” muxlislari bu kabi harakatni takrorlasa, jamoa keyingi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz stadionda o‘tkazishi borasida ogohlantirildi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют