» » Yaponiya imperatorining taxtdan voz kechishi bo‘yicha kengash majlisi 1-dekabrda bo‘lib o‘tadi

Yaponiya imperatorining taxtdan voz kechishi bo‘yicha kengash majlisi 1-dekabrda bo‘lib o‘tadi


Yaponiya imperatori Akixitoning taxtdan voz kechishi masalasi bo‘yicha maxsus kengash majlisi rasman shu yilning 1-dekabriga belgilandi, deb yozadi “TASS” Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Sugaga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, monarxning taxtdan voz kechish sanasi parlamentning ikkala palatasi raislari, shuningdek, Yaponiya Oliy sudi raisi va boshqalardan iborat kengash ishtirokchilari fikrlari asosida aniqlanadi.

Suga yangi davrga qanday nom berilishi masalasi “mamlakat aholisi hayotiga ta’sir qilish ehtimolini hisobga olgan holda ko‘rib chiqilishi”ni aytdi.

Birinchi reja taxtdan kechish 2019-yil martida, ikkinchisi esa 2018-yil dekabrida o‘tishini nazarda tutadi. Imperator saroyi valiahd shahzoda Naruxito 1-yanvarda taxtga chiqishidan bosh tortdi, negaki kuz va qish oylarida imperator oilasi an’anaviy tarzda ko‘plab tadbirlarda ishtirok etadi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют