» » Qodirov Rossiya prezidenti lavozimida Putinning o‘rnini bosa oladigan odamni ko‘rmayapti

Qodirov Rossiya prezidenti lavozimida Putinning o‘rnini bosa oladigan odamni ko‘rmayapti


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti lavozimida Vladimir Putinning o‘rnini bosa oladigan odamni ko‘rmayotganligini aytdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Qodirovning fikricha, boshqa variant davlat va millat halokatiga olib kelgan bo‘lardi. “Agar men AQSh va G‘arbni Rossiya dushmanlari deb atasam, g‘ala-g‘ovur ko‘tariladi”, — dedi Qodirov. Ammo uning fikriga ko‘ra, ularning o‘zi Rossiyani harbiy bazalar bilan qurshab olib, raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yaratib va “zamonaviy tarixda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan sanksiya siyosatini olib borib”, buni namoyon etmoqda.

“AQSh Rossiyaga qarshi jahon koalitsiyasini tuzishga urinyapti, ammo bu rejalar oqsayapti, chunki Putin AQSh va G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarining ehtimoliy oqibatlarini zararsizlantirdi hamda iqtisodiyot, qishloq xo‘jalik sanoati o‘sishi, jamoatchilikda barqarorlik yuzaga kelishi, Suriya muammoasini yechish uchun sharoitlar yarata oldi”, — dedi Qodirov.

Uning ishonch bildirishicha, Putin saylovga o‘z nomzodini qo‘ysa, u Rossiya prezidentligiga saylanadi. “U esa haqiqiy vatanparvar sifatida boshqacha yo‘l tutishga haqi yo‘q. Shaxsan men Putinning o‘rnini bosa oladigan odamni ko‘rmayapman”, — dedi Qodirov.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 12:18)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют