» » Samarqandda 8 polosali yo‘llar paydo bo‘ladi

Samarqandda 8 polosali yo‘llar paydo bo‘ladi


Samarqand shahrida avtomobillar oqimi ko‘paygani va yo‘llardagi ko‘psonli tiqinlarni inobatga olib, Gulobod, Bo‘stonsaroy, Ibn Sino va Vohid Abdulla ko‘chalarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda STV telekanali xabar berdi. 

Obodonlashtirish ishlari yakunlanganidan so‘ng ko‘chalar zamonaviy qiyofaga kiradi. Xalqaro aeroport yo‘nalishida esa 8 polosali yo‘l bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Uning ikki tomoni 16 metrga kengaytiriladi va eni 32 metrli yo‘lga aylanadi. Yo‘llar ularning o‘rtasidagi beton to‘siqlar o‘lchamini kichraytirish hisobiga ham kengaytirilmoqda. 

Loyihada Gulobod ko‘chasini kengaytirish va Samarqand ko‘chasi bilan tutashtirish rejalashtirilgan. Bu shaharning markaziy qismida transport oqimini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek va Gagarin hamda Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahalarida ikki yo‘lo‘tkazgich quriladi. Dehqonobod ko‘chasida esa zamonaviy ko‘pqavatli uylar qad rostlaydi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют