» » Koreyaning Eksimbanki “O‘zsanoatqurilishbank” ATB uchun kredit liniyasi miqdorini ko‘paytirdi

Koreyaning Eksimbanki “O‘zsanoatqurilishbank” ATB uchun kredit liniyasi miqdorini ko‘paytirdi


“O‘zsanoatqurilishbank” ATB va Koreyaning Eksimbanki o‘rtasida hamkorlikni faollashtirish natijasi o‘laroq O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasida tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, asosiy banklararo bitimga kredit liniyasi summasi miqdorini 10 milliondan 30 million dollargacha ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi qo‘shimcha kelishuv imzolandi.

Ushbu bitim bundan keyin ham Koreya Respublikasidan zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni jalb qilishga xizmat qiladi. Kredit mablag‘lari Koreya banki tomonidan o‘zbekistonlik tadbirkorlarning uzoq muddatli kreditlash (7 yilgacha, loyiha qiymatining 85% gacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirish yo‘li bilan) va qisqa muddatli kreditlash (2 yilgacha, loyiha qiymatining 100% gacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirish yo‘li bilan) bo‘yicha talabnomalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (22-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют