» » YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann mehnat vaziri bilan uchrashdi

YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann mehnat vaziri bilan uchrashdi


20-noyabr kuni YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aktam Xaitov bilan uchrashdi. Bu haqda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda ijtimoiy himoya bo‘yicha siyosatni yanada takomillashtirish hamda tizimda amalga oshirilayatgan islohotlarda YuNISEF tomonidan ko‘rsatiladigan yordam masalalari muhokama qilindi.

Sasha Graumann hukumatning ijtimoiy nafaqalar uchun belgilangan maqsadli mezonlarni qayta ko‘rib chiqish, kam ta’minlangan oilalar holatini yahshilash bo‘yicha kompleks yondashuvlarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy yordam dasturlarinining boshqaruv axborot tizimlarini (yagona reyestrni) yaratishdagi sa’y-harakatlarini YuNISEF tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini qayd etdi.

Sasha Graumann vazirlik va YuNISEF o‘rtasida ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash, nogironligi bo‘lgan insonlar, jumladan bunday bolalarning huquqlarini ta’minlashda samarali hamkorlik o‘rnatilganini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют