» » Rossiyalik senator mamlakat havo-koinot kuchlari yil oxirigacha Suriyadan ketishini bildirdi

Rossiyalik senator mamlakat havo-koinot kuchlari yil oxirigacha Suriyadan ketishini bildirdi


Suriyada IShID bilan kurash shu yil oxirigacha yakuniga yetadi va Rossiya havo-koinot kuchlari shu vaqt mobaynida mamlakatni tark etadi. Bu haqda Federatsiya kengashi mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Frans Klinsevich ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Senator Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Suriya yetakchisi Bashar Asadning Sochidagi uchrashuvida yangragan bayonotlarga shunday izoh berdi. Jumladan, Putin Suriyadagi harbiy operatsiya yakunlanayotganini bildirgandi.

“Mazkur bayonotlar harbiy operatsiya yil oxirigacha yakunlanishini bildiradi. Suriya hududida IShID yil yakuniga qadar yo‘q qilinadi, Rossiya havo-koinot kuchlari ketadi”, — dedi Klinsevich.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют