» » Toshkentda issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida 650 dan ortiq issiqlik qozoni ta’mirlandi

Toshkentda issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida 650 dan ortiq issiqlik qozoni ta’mirlandi


Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga asosan, 10-noyabrdan e’tiboran ijtimoiy soha obyektlarida, 12-noyabrdan boshlab ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti ishga tushirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Bugunga qadar 1600 dan ziyod ko‘p qavatli uyning fasadi, 7400 dan ortiq kirish yo‘lagi ta’mirdan chiqarildi, 445 yangi bolalar maydonchasi qurildi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar oldi yo‘laklarini beton qorishmasi bilan ta’mirlash bo‘yicha jami 500 ming kvadrat metrga yaqin hajmdagi ish yakuniga yetkazildi. Buning uchun imtiyozli ravishda 11,3 ming tonna sement ajratildi.

Poytaxt aholisi maishiy turmush sharoitini yaxshilash hamda tasdiqlangan dasturlar ijrosini ta’minlash yuzasidan XUJMSh xizmat ko‘rsatayotgan ko‘p qavatli uy-joylarga 318,5 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.

Toshkentda issiqlik ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida 23 issiqlik qozoni mukammal, 633 tasi joriy ta’mirlandi. Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari holati yaxshilandi, 16,9 kilometr gaz uzatish tarmog‘i profilaktik, 305,6 kilometr elektr tarmog‘i mukammal, 801 kilometri esa joriy ta’mirdan chiqarildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida 9370 dan ziyod ko‘p qavatli uy, 2378 xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, 39 oliy o‘quv yurti, 327 maktab, 546 maktabgacha ta’lim muassasasi, 80 oilaviy poliklinika, 32 shifoxona mavjud.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют