» » Argentinadagi kasalxona g‘oyib bo‘lgan submarina ekipajini qabul qilish ehtimoliga tayyorlab qo‘yildi

Argentinadagi kasalxona g‘oyib bo‘lgan submarina ekipajini qabul qilish ehtimoliga tayyorlab qo‘yildi


Argentina janubidagi Komodoro-Rivadaviya shahar kasalxonasi xodimlari g‘oyib bo‘lgan San Juan suv osti kemasi ekipaj a’zolarini qabul qilish ehtimoliga tayyorlanish haqida buyruq oldi, deb yozadi “TASS”.

Chubut provinsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy muassasa rahbariyatiga quyidagicha xabar jo‘natgan: “Sizni xabardor qilamizki, Argentina harbiy-dengiz kuchlari bizdan San Juan submarinasi ekipajining 44 nafar a’zosini qutqarish bo‘yicha operatsiya munosabati bilan sanitar tayyorgarlikni ta’minlashni so‘radi”.

Shu tufayli kasalxonada chorshanbaga rejalashtirilgan operatsiyalarni bekor qilishdi va jonlantirish bo‘limini jabrlanuvchilarni qabul qilishga tayyorlashdi.

Bortida 44 nafar argentinalik dengizchi bo‘lgan San Juan suv osti kemasi 15-noyabr kuni aloqaga chiqmay qo‘ygandi. Uni qidirish ishlari Janubiy Atlantika suvlarida olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют