» » O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Janubiy Koreya shifoxonalari o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Janubiy Koreya shifoxonalari o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Janubiy Koreyaning yetakchi tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yoritish bo‘yicha maxsus matbuot markazi xabar berdi.

Gachon University Gil Medical Center in Incheon, Myongji Hospital in Seoul, “Tibbiy yetakchilar korporatsiyasi”, Chonnam National University Hospital in Gwangju va Chung Hospital rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.

Ishtirokchilar teletibbiyot, ikki tomonlama tajriba almashish, O‘zbekistonda yetakchi koreys mutaxassislari tomonidan mahorat darslari va seminarlar o‘tkazish, o‘zbek shifokorlarining Janubiy Koreyada malaka oshirish dasturi va u yerda talabalarga ta’lim berish, shuningdek, O‘zbekistonda yuqori texnologiyali va zamonaviy shifoxonalar qurilishi bilan bog‘liq masalalar keng muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koreyadagi mazkur shifoxonalar o‘rtasida tegishli kelishuvlar va o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash to‘g‘risida kelishib oldilar.

Koreyaning quyidagi yetakchi tibbiyot maskanlari bilan kelishuvlarga erishildi va o‘zaro tushunish memorandumi imzolandi:

Shuningdek, Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют