» » Jizzaxdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga 150 dan ortiq kitob sovg‘a qilindi

Jizzaxdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga 150 dan ortiq kitob sovg‘a qilindi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zMTDP Jizzax viloyat kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi hamda Jizzax Davlat pedagogika instituti hamkorligida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zMTDP Jizzax viloyat Kengashi axborot xizmati.

Xususan, hamkorlar yaqinda Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 29-sonli mehribonlik uyida bo‘lib, muruvvat uyida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng Jizzax Davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Sardor O‘sarov tashabbusi bilan jamlangan 150 dan ortiq darsliklar, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, o‘zbek va chet el adiblarining tanlab olingan mumtoz va zamonaviy asarlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘a qilindi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют