» » Amerikalik aktyor Devid Kessidi vafot etdi

Amerikalik aktyor Devid Kessidi vafot etdi


1970-yillarda mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor va xonanda Devid Kessidi Florida shtatidagi kasalxonada 67 yoshda vafot etdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Devid o‘zini uzoq qiynagan og‘riqdan qutulib, qalbida xotirjamlik his etgan holda vafot etdi”, — deydi aktyorning vakili.

U shuningdek, shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi va Kessidi yaqinlari qurshovida vafot etganini ta’kidladi.

Aktyor o‘tgan haftada ichki organlarining funksional yetishmasligi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.

Devid Kessidi 30 dan ortiq film va teleseriallarda suratga tushgan. Yolg‘iz ona va uning rok-guruhga asos solgan besh o‘g‘li haqidagi “Partrij oilasi” serialidagi obrazi unga haqiqiy ma’nodagi mashhurlikni olib kelgan.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют