» » Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning “Danaker” ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning “Danaker” ordeni bilan mukofotlandi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Danaker” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida strategik sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish hamda an’anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi ulkan shaxsiy hissasi uchun taqdirlangan.

“Danaker” ordeni bilan xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qo‘shgan shaxslar mukofotlanadi. Ordenning orqa tomoni oltin bilan qoplangan.

Qirg‘izistonning ushbu davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar orasida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Dmitriy Medvedev, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, jahonga mashhur violenchelchi Yo Yo Ma kabilar bor.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют