» » AQSh maxsus prokurori Tramp kuyovining boshqa davlatlar yetakchilari bilan aloqalarini tekshirmoqda

AQSh maxsus prokurori Tramp kuyovining boshqa davlatlar yetakchilari bilan aloqalarini tekshirmoqda


AQSh maxsus prokurori Robert Myullerning apparati mamlakat yetakchisi katta maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner o‘tgan yil oxiri va joriy yil boshida boshqa davlatlar rahbarlari bilan qanday aloqalarda bo‘lganini tekshirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi. 

The Wall Street Journal nashri manbalariga ko‘ra, tergovchilarni AQSh prezidenti Donald Tramp atrofidagi shaxslarning 2016-yil dekabrida Isroil vakillari bilan maslahatlashuvlari qiziqtirmoqda. O‘shanda BMT Xavfsizlik kengashi Isroildan Falastin yerlarida joylashish bilan bog‘liq har qanday faoliyatni zudlik bilan to‘xtatish talab qilingan rezolyutsiyani qabul qilgandi. Bu hujjat uchun Xavfsizlik kengashiga a’zo 15 davlatdan 14 tasi ovoz bergan, AQSh esa, Isroil rasmiylarining rezolyutsiyani blokirovka qilish haqidagi iltimosiga qaramay, betaraf qolgandi. 

Tramp o‘sha paytda amalda bo‘lgan Barak Obama ma’muriyatini hujjat qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgandi. Kushner esa qaynotasining yordamchilari va Isroil mansabdorlari o‘rtasida aloqalarni bog‘lashda muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi. 

Shuningdek, tergovchilarni hamon Kushnerning Rossiya vakillari bilan ehtimoliy aloqalari qiziqtirmoqda. 

Maqolada maxsus prokurorni Jeyms Komining FQB direktori lavozimidan chetlatilishi tafsilotlari ham qiziqtirayotgani bildirilgan. Myuller bunda Kushner qanday rol o‘ynaganini aniqlik kiritishga urinmoqda. 

Опубликовано: admin (22-11-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют