» » “O‘zbekyengilsanoat” Youngone Corporation bilan hamkorlikda Bo‘ka tumanida tikuvchilik korxonasini quradi

“O‘zbekyengilsanoat” Youngone Corporation bilan hamkorlikda Bo‘ka tumanida tikuvchilik korxonasini quradi


“O‘zbekyengilsanoat” AJ Janubiy Koreyaning Youngone Corporation rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yoritish bo‘yicha maxsus matbuot markazi xabar berdi.

Youngone Corporation bir yil davomida 2 milliard dollar miqdoridagi brend mahsulotlarni ishlab chiqaradi hamda bugungi kunda Bangladesh, Vyetnam, Xitoy, San-Salvadordagi ishlab chiqarish korxonalari orqali 90 milliondan ortiq kishini ish bilan ta’minlagan.

Uchrashuv doirasida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida rangchilik va tikuvchilik ishlab chiqarish korxonasini qurish borasida loyihani, Samarqanddagi dizaynerlik o‘quv markazi bilan tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda Samarqand shahridagi “El merosi” madaniyat markazining faoliyatidagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash borasida shartnomalar imzolandi.

Youngone Corporation kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga jalb qilinadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarning umumiy miqdori 20 million dollarni tashkil qiladi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют