» » Putin Qirg‘izistonning oliy mukofoti bilan taqdirlandi

Putin Qirg‘izistonning oliy mukofoti bilan taqdirlandi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni birinchi darajali “Manas” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Putin “ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun” Qirg‘izistonning oliy mukofoti bilan taqdirlangani bildirilmoqda.

“Manas” 1996-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, uchta darajaga ega. Davlat rahbari istisno tariqasida III va II-darajalarni chetlab o‘tib, birinchi darajali orden bilan taqdirlash vakolatidan foydalanishi mumkin.

Unga loyiq ko‘rilganlar safida yozuvchi Chingiz Aytmatov va BMT sobiq bosh kotibi Kofi Annan bor. 

Опубликовано: admin (22-11-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют