» » Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan xatlov natijasida 114 ta avval xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan obyektlar aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan xatlov natijasida 114 ta avval xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan obyektlar aniqlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan xatlov natijasida 114 ta avval xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan obyektlar aniqlandi, deb xabar beradi Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bo‘sh turgan obyektlarning 53 tasi negizida investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu loyihalar bo‘sh turgan korxonalarni faoliyati tiklanishiga turtki bo‘lmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 67,6 milliard so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 534 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunga qadar viloyatda 9 ta korxona faoliyati qayta tiklanib, 34 ta qo‘shimcha ishchi o‘rinlari barpo etildi.

Jumladan, Nukus shahri To‘rtko‘l guzarida joylashgan “Nukus Remmash” MChJga tegishli bino va inshootlar, “Dian Plast” MChJga tegishli “Gozzal” xizmat ko‘rsatish binosi, “Osten” MChJga tegishli univermag binosi kabi ko‘plab zamonaviy xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish obyektlari ishga tushdi.

Xususan, Nukus shahri To‘rtko‘l guzarida joylashgan “Nukus Remmash” MChJga tegishli bino va inshoatlar negizida 32 milliard so‘m miqdorida kiritilgan sarmoya evaziga televizor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bunda 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi. Korxona yiliga 150 ming dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют