» » Fotogalereya: Dunyodagi eng katta shinalar

Fotogalereya: Dunyodagi eng katta shinalar


“Motor” o‘zining o‘lchami va narxi bo‘yicha ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘luvchi avtomobil shinalari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Kumho ECSTA SPT KU31 Series 15

Kumho kompaniyasi tomonidan 2008-yilda taqdim etilgan shina rekord darajada quyi profil hamda hayratlanarli kenglikka ega — pokrishka kengligi 385/15 R22. Bu kabi pokrishkalar sport avtomobillarida, jumladan, Dodge Viper SRT10 yoki Chevrolet Corvette Z06’larda foydalanilardi. Hozirda bu kabi shinalarning narxi 1000 dollar atrofida.

Pirelli P Zero Nero

Agarda gap faqatgina shinaning eni haqida ketsa, bu borada Pirelli P Zero Nero — 405/25 ZR24 birinchilikni egallaydi. Bu kabi shinalar asosan poyga shoularida ishtirok etadigan avtomobillarda ishlatiladi, shunga qaramay undan har kungi harakatda foydalanish mumkin. Narxi ham shunga yarasha — kamida 450 dollar.

Mease’s Custom Car Accessories

Mease’s Custom Car Accessories tyuning kontorasi reklama yo‘lida Oldsmobile Cutlass’ga o‘zlari ishlab chiqargan 50 dyuymli 4-avlod g‘ildirak disklaridan (shinalari bilan birga) boshqa yaxshiroq narsa o‘ylab topmagan. Rezinaning harakatlanishdagi xususiyati haqida hech narsa ma’lum emas.

Firestone Tundra

Bob Chandler o‘zining BigFoot avtomobiliga balandligi 3 metr keladigan Firestone Tundra shinalarini o‘rnatgan (umumiy o‘lchamiz — 120 x 48 x 60 dyuym). Ushbu shinalar erkin savdoda hech qachon paydo bo‘lmagan — Chandler uni ikkilamchi bozordan sotib olgan.

Michelin XDR

Michelin XDR dunyoda seriyali ishlab chiqariladigan eng katta shina bo‘lib, u asosan, Caterpiller 797B kabi karyer samosvallarida foydalaniladi. Uning bir donasi 55 ming dollar turadi. O‘lchamlari — esa 59/80 R63. Soddaroq qilib aytganda, balandligi 4,3 metr, og‘irligi 4,7 tonna.

Bridgestone VRPS

Bridgestone o‘zining VRPS modelini dunyodagi eng katta karyer samosvali — “BelAZ-75710”ga yetkazib beradi. Uning balandligi 4,02 metr bo‘lib, og‘irligi 6 tonna. Narxi esa 42,5 ming dollar turadi.

Uniroyal Giant Tire

Rasman dunyodagi eng katta shina, biroq hech qachon o‘z vazifasi bo‘yicha qo‘llanilmagan. Uniroyal ulkan pokrishkasining balandligi 24 metr bo‘lib, kuchaytirilgan shisha tolali poliester, po‘lat va betondan 1964-yilda Nyu-Yorkdagi Xalqaro yarmarkada yaratilgan.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют