» » Afrika Ittifoqi Mugabening iste’fosini qo‘llab-quvvatladi

Afrika Ittifoqi Mugabening iste’fosini qo‘llab-quvvatladi


Afrika Ittifoqi Robert Mugabening Zimbabve prezidenti mansabidan ketish qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Afrika Ittifoqi komissiyasi raisi Musa Faki Muhammad bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.

“Robert Mugabening hayotini Zimbabve xalqiga xizmat qilishga bag‘ishlaganidan so‘ng davlat rahbari lavozimidan ketish qarorini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi u.

Shuningdek, Musa Faki Muhammad Zimbabve xalqining hokimiyatni tinch o‘tkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etdi.

“Prezident Mugabeni qo‘rqmas panafrikachi, erk kurashchisi, mustaqil Zimbabve xalqi otasi sifatida eslashadi”, — qo‘shimcha qildi rais.

Oldinroq ittifoq raisi Alfa Konde tashkilot Zimbabvedagi harbiy to‘ntarishni hech qachon qabul qilmasligini bildirgan edi.

Muqaddam Zimbabve parlamenti spikeri mamlakatni 37 yil davomida boshqarib kelgan prezident Robert Mugabe iste’foga chiqqanini e’lon qilgan edi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют