» » Afinada o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi

Afinada o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi


10–12-noyabr kunlari O‘zbekistonning Afinadagi bosh konsulligi tomonidan Gretsiyaning mashhur “Alkionis” kinoteatrida o‘zbek kinosi kunlari o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi ma’lum qildi.

Tadbir O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasida madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, Gretsiya jamoatchiligida O‘zbekiston madaniyati va san’atini targ‘ib qilish, shuningdek, O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida tashkil qilindi.

O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganliginig 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu kinofestivalning ochilish marosimida Afina shahri munitsipaliteti vakillari, Gretsiya parlamenti deputatlari, davlat va jamoat vakillari, jami 350 kishi ishtirok etdi.

Kinofestivalda tomoshabinlar rejissor Shuhrat Mahmudovning buyuk alloma Abu Ali ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan “Sharqdan taralgan nur” nomli badiiy — publisistik filmi, Qamara Kamolovaning “Yo‘l bo‘lsin” va Jasur Ishoqovning “Haqiqat kuni” badiiy filmlariga baho berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kinofestival doirasida “O‘zbekiston gretsiyalik sayyohlar nigohida” nomli fotoko‘rgazma hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Termiz shaharlarining tarixiy obidalari taqdimotlari o‘tkazildi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют