» » Aktyor Shuhrat Nuraliyev vafot etdi

Aktyor Shuhrat Nuraliyev vafot etdi


Muqaddam ahvoli og‘irlashib, chuqur komaga tushib qolgani xabar qilingan aktyor Shuhrat Nuraliyev vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq bir qator internet-nashrlarda 37 yoshli aktyor Shuhrat Nuraliyevning vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ammo bu xabarlar tasdiqlanmadi. Aktyor chuqur koma holatida ekanligi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Shuhrat Nuraliyev O‘zbek milliy drama teatri va kinodagi qator rollari bilan tanilgan. Xususan, “Osmondagi bolalar”, “Devona”, “Ulfatlar-2”, “Yangi boy”, “Sevginator-2”, “Zarb” filmlaridagi rollari uni ayniqsa mashhur qilgan.

Shuhrat Nuraliyev kinorejissor sifatida bir qancha filmlarni suratga olgan, so‘nggi vaqtlarda esa xususiy teatrda bosh rejissor sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют