» » Livan bosh vaziri iste’foga chiqish fikridan qaytdi

Livan bosh vaziri iste’foga chiqish fikridan qaytdi


Livan bosh vaziri Sa’d Haririy mamlakat prezidenti Mishel Aun bilan muzokaralardan so‘ng iste’foga chiqish masalasini qoldirishga qaror qildi. Bu haqda, Al Jazeera telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

“Bugun prezidentga iste’fo haqida ma’lum qildim, u meni qolishga chaqirdi, asosiy siyosiy masalalar bo‘yicha muloqotni davom ettirish uchun... Men rozi bo‘ldim”, — dedi u.

Bosh vazirning so‘zlariga qaraganda, u Livan birligini mustahkamlash va ichki ixtiloflarni bartaraf qilish uchun barcha ishni qilishga tayyor.

Noyabr oyining boshida Saudiya Arabistoniga borgan Sa’d Haririy o‘sha yerdan turib iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. Matbuotda u Saudiyada majburlab ushlab turilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bir muddat ilgari Haririy Livan poytaxti Bayrutga qaytib keldi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют