» » Tojikistonlik rejissor Barzu Abdurazzoqov Toshkentda “Farhod va Shirin” spektaklini namoyish etadi

Tojikistonlik rejissor Barzu Abdurazzoqov Toshkentda “Farhod va Shirin” spektaklini namoyish etadi


Tojikistonlik rejissor Barzu Abdurazzoqov O‘zbekiston madaniyat vazirligi taklifiga binoan Toshkentga ishlagani keladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

U Muqimiy teatri sahnasida spektakl qo‘yib berishi lozim. Pyesa tanlash imkoniyati rejissorning o‘ziga berilgan edi. U Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni asosida shu nomli spektakl sahnalashtirishga qaror qildi.

“Yuqori lirikani sog‘indim, shu bois bu spektakl ustida ishlashga qaror qildim”, — dedi Barzu Abdurazzoqov.

Rejissor oldin ham O‘zbekistonga taklif qilingani, ammo boshqa teatrlar oldidagi majburiyatlari tufayli bu yerga kela olmaganini aytib o‘tdi. Oldinroq Barzu Abdurazzoqov Toshkentda bo‘lgan — 2007-yili u o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birga Molyerning “Skapenning qilmishlari” pyesasini sahnalashtirgan edi.

“Farhod va Shirin” spektakli Muqimiy teatri repertuariga dekabr oyining oxirida qo‘shilishi kutilmoqda. Postanovkani yakunlagach, rejissor Olmaotaning o‘zi badiiy rahbar sifatida ishlayotgan “Jas Sahna” teatriga qaytishni rejalashtirmoqda.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют