» » Dahshatli “PSJ”: 5 ta o‘yin, 5 ta yirik g‘alaba va 24 ta gol. Kelasi tur Myunxenda “Bavariya”ga qarshi o‘tadi

Dahshatli “PSJ”: 5 ta o‘yin, 5 ta yirik g‘alaba va 24 ta gol. Kelasi tur Myunxenda “Bavariya”ga qarshi o‘tadi


Fransiyaning “PSJ” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ketma-ket beshinchi yirik g‘alabasini tantana qildi.

Unai Emeri boshchilik qilayotgan parijliklar 1-davrani faqat yirik g‘alabalar bilan yakunlagach, 2-davra qanday kechishi borasida savollar paydo bo‘lgandi. Ko‘rinmoqdaki, “PSJ” yanada ko‘proq gol urmoqda. Xususan, 1-davra “Anderlext” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan Parij yetakchisi, 2-davra 5:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. 1-davra Shotlandiyada “Seltik” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urgan fransuzlar, bu safar 7:1 hisobida zafar quchishdi. 1-davra Myunxenning “Bavariya” klubi 3:0 hisobida taslim qilingandi. Xo‘sh, navbat “Bavariya”gami? Javob o‘yini 5-dekabr kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etib turgan faqatgina 2 ta klub qoldi — “Manchester Siti” va “PSJ”. Bunda parijliklar “shaharliklar”dan deyarli ikki barobar ko‘proq gol urganini hisobga olish kerak.

Mazkur guruhdagi ikkinchi o‘yinda Yupp Xaynkesning “Bavariya”si Belgiyadan 3 ochko bilan qaytdi. “Bavariya” Parijda mag‘lub bo‘lganida, klubni Karlo Anchelotti boshqarardi. Va aynan o‘sha uchrashuvdan keyin italiyalik mutaxassisga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yilgandi. Xaynkes tashrifidan keyin “Bavariya” yo‘qotishlarsiz ketmoqda. 5-dekabr kuni klub haqiqiy sinovni boshdan kechiradi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“B” guruhi. 5-tur o‘yinlari

22-noyabr, chorshanba

Gollar: Mussa Dembele, 2 (0:1). Neymar, 9 (1:1). Neymar, 22 (2:1). Edinson Kavani, 28 (3:1). Kilian Mbappe, 35 (4:1). Marko Verratti, 75 (5:1). Edinson Kavani, 79 (6:1). Daniel Alves, 81 (7:1).

Gollar: Robert Levandovski, 51 (0:1). Sofyan Anni, 63 (1:1). Korenten Tolisso, 77 (1:2).

Опубликовано: admin (23-11-2017, 03:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют