» » Senatda AQSh Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda AQSh Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Oliy Majlis Senatida AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch hamda manfaatdorlikka asoslangan munosabatlar qaror topgani qayd etildi. Ikki davlat rahbarlarining muloqotlari, shu yil sentabr oyida Nyu-Yorkda o‘tkazilgan O‘zbekiston — AQSh biznes-forumi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojiga yangi sur’at bag‘ishlagani ta’kidlandi.

Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalar, xususan, ta’lim, madaniyat, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash xususida fikr almashildi.

Kongress Vakillar palatasi delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida ham uchrashuv o‘tkazdi. Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют