» » Toyota foydalanuvchi harakatlarini imitatsiya qiluvchi uchinchi avlod robotini taqdim etdi (video)

Toyota foydalanuvchi harakatlarini imitatsiya qiluvchi uchinchi avlod robotini taqdim etdi (video)


Toyota insonga o‘xshash uchinchi avlod roboti — T-HR3ni taqdim etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Gumanoidni kompaniyaning Partner Robot Division bo‘linmasi ishlab chiqdi. Robotning faoliyati asosida unga foydalanuvchi harakatlarini imitatsiya qilishga imkon beruvchi masofaviy manyovr tizimi yotadi.

Dastlabki paytlarda 74 kilogrammli robot sinov platformasi tariqasida qo‘llanadi. Kelgusida Toyota bunday gumanoidlardan uylar qurish, tabiiy ofatlardan jabrlanganlarni qidirish va koinotni o‘zlashtirishda foydalanishni rejalashtirmoqda.

T-HR3 29-noyabrdan 2-dekabrgacha Tokioda bo‘lib o‘tadigan Robotlar xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют