» » Samsung Galaxy S9: g‘ilofdagi smartfon suratlari paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy S9: g‘ilofdagi smartfon suratlari paydo bo‘ldi


Ghostek g‘ilofidagi Samsung Galaxy S9 suratlari 2018-yilgi flagman modeli haqida anchagina ma’lumotlarni oshkor qildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Renderda orqa paneldagi barmoq izi skanerining joylashuvi jiddiy o‘zgarishga uchraganini ko‘rish mumkin. U vertikal joylashgan qo‘sh kamera pastiga joylashtirilishi mumkin.

Galaxy S9 smartfoni Galaxy S seriyasidagi kamerasi qo‘sh modulli bo‘lgan ilk smartfonga aylanadigan ko‘rinadi. Bundan tashqari, renderga ko‘ra, naushnik uchun 3,5 millimetrlik port Galaxy S flagman seriyasida kamida yana bir yilga qoladi. Vaziyatdan yaqindan tanish bo‘lgan manbalar renderlarning haqiqiyligini va bo‘lg‘usi flagmanning tashqi ko‘rinishini tasdiqladi.

Galaxy S9 va S9+ mish-mishlarga ko‘ra, Barselonada 25-fevral kuni taqdim etiladi. Ammo ba’zi manbalar u 2018-yil yanvaridayoq namoyish etilishiga ishora qilmoqda.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют