» » Odam boshini ko‘chirib o‘tkazgan jarrohni yolg‘on gapirganlikda ayblashdi

Odam boshini ko‘chirib o‘tkazgan jarrohni yolg‘on gapirganlikda ayblashdi


Xitoylik jarroh Jen Syaopin italiyalik jarroh Serjo Kanavero amalga oshirgan jasadning boshini ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi muvaffaqiyatli kechganini rad etmoqda, deb yozadi The Daily Mail.

Xitoylik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, o‘lik odamning boshini ko‘chirib o‘tkazishni umuman operatsiya deb hisoblab bo‘lmaydi. Jarayonga faqat haqiqiy jarrohlik aralashuvining modeli sifatida qarash mumkin. Shu tufayli, tirik odamning boshi ko‘chirib o‘tkazilmagunicha, qandaydir muvaffaqiyat haqida e’lon qilishga erta.

Shuningdek, Jen bunday operatsiya qanday o‘tishini tasavvur ham qila olmasligini, va undan oldin hali ko‘p narsa qilish kerakligini aytdi.

Avvalroq Kanavero inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi birinchi operatsiyani o‘lik odamda amalga oshirganligini aytgan edi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 12:45)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют