» » Och qoringa qahva ichishning zararlari aniqlandi

Och qoringa qahva ichishning zararlari aniqlandi


Ko‘plab odamlar erta tongni bir finjon qahva ichishdan boshlaydi. Biroq qahva och qoringa ichilsa, tetiklikdan ko‘ra sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, deb xabar berdi “Nauka”.

Jig‘ildon qaynashi, oshqozon buzilishi va gastrit — barcha muammolarning asosidir. Bundan tashqari och qoringa qahva ichish asabiylikni oshirishi va diqqatni ishga qaratish qobiliyatini pasaytirishi mumkin.

Qahvaning foydali xususiyatlari haqida ko‘p va xo‘b gapirilgan, biroq shifokorlar uni nonushta vaqtida yoki undan keyin ichishni tavsiya qiladi.

Ertalabdan tetiklashish uchun ichilgan bir finjon qahva birinchi navbatda oshqozon-ichak trakti uchun xavfli hisoblanadi. Shakar qo‘shilgan xushbo‘y ichimlik oshqozon sokining ishlab chiqarilishini tezlashtirib yuboradi. Agar nonushta qilinmagan bo‘lsa, ushbu sok oshqozon devorini yemira boshlaydi va odamda jig‘ildon qaynashini vujudga keltiradi.

Bundan tashqari, to‘satdan tashvish va g‘azablanish, yurak tezligining buzilishi va diqqatni jamlash qobiliyatinining yo‘qolishi paydo bo‘ladi.

Odam ertalab uyg‘onganida ichki soatlar organizmdagi kortizolni chiqarib tashlaydi. Bu esa uyqudan keyin organizmning bosqichma-bosqich tiklanishiga yordam beradi. Biroq bir finjon qahva ushbu tetiklashtiruvchi garmon darajasini pasaytiradi, shu sababli ertalabdan qahva ichgan odamlar uyquga moyil va holsiz bo‘ladi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют