» » Britaniya HHK samolyoti yo‘qolgan suvosti kemasi qidiruvida ko‘maklashish uchun Argentinaga yetib keldi

Britaniya HHK samolyoti yo‘qolgan suvosti kemasi qidiruvida ko‘maklashish uchun Argentinaga yetib keldi


Buyuk Britaniya Harbiy-havo kuchlari Voyager samolyoti San Juan suvosti kemasini qidirish bo‘yicha operatsiyada ishtirok etish uchun Argentinaga yetib keldi. Bu haqda 23-noyabr, payshanba kuni ITV telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Samolyot Brize Norton bazasidan (Oksfordshir grafligi) uchib chiqib, Lotin Amerikasi mamlakatiga 22-noyabr, chorshanba kuni yetib kelgan.

Uning bortidagi maxsus konteynerlar yordamida suvosti kemasiga kislorod konsentratorlari, havoni karbonat kislotasidan tozalash uchun qurilmalar, suv va taom yetkazish mumkin.

Operatsiyada Britaniyaning Protector qutb kemasi ham ishtirok etmoqda. U Argentinaga 18-noyabr, shanba kuni yetib kelgan edi.

Bortida 44 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan San Juan dizel-elektrik suvosti kemasi 15-noyabrdan boshlab aloqaga chiqishni to‘xtatdi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют