» » Rossiya va Fransiyada saqlanayotgan “Temur tuzuklari”ning qo‘lyozmasi O‘zbekistonga qaytariladi

Rossiya va Fransiyada saqlanayotgan “Temur tuzuklari”ning qo‘lyozmasi O‘zbekistonga qaytariladi


28—29-noyabr kunlari Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: O‘tmishning buyuk merosi-ma’rifatli kelajak poydevori” mavzusidagi xalqaro media-forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

Tadbirda dunyo ilm-fan jamoatchiligining yetkachi vakillari, muzey, kutubxona, ilmiy institut va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mahalliy olim hamda ekspertlar ishtirok etadi.

Xalqaro media-forumda “O‘zbekiston madaniy merosi” media-loyihasining “Sharq yozma yodgorliklari durdonalari” nomli yangi turkumi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, tadbir jarayonida asl nusxalari Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo‘lyozmalari instituti hamda Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan, o‘ziga xos texnologiyalar asosida maxsus qog‘oz va haqiqiy oltindan tayyorlangan qadimiy qo‘lyozmalarning faksimile nusxalari O‘zbekiston hukumatiga topshiriladi.

Ushbu marosimda hukumat vakillari “Katta Langar” Qur’oni, “Devoni Husayniy”, “Poklik bog‘i”, “Temur tuzuklari” kabi qo‘lyozmalarni qabul qilib oladi.

Bundan tashqari tadbir davomida hujjatli filmlar taqdimoti ham o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Chexiya, Yaponiya muzeylari hamda kutubxonalarining olimlari 2018-yilda chop etiladigan yangi albomlar bo‘yicha maxsus ma’ruzalar bilan ishtirok etadi.

Media-forum doirasida O‘zbekiston musiqa san’ati oqshomi, shuningdek, XX asr boshlarida yozib olingan va yaqinda qayta tiklangan o‘zbek musiqa san’atining ilk audioyozuvlari taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют