» » O‘zbekiston milliy terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo‘ladi? O‘FF muzokaradagilar nomini oshkor qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo‘ladi? O‘FF muzokaradagilar nomini oshkor qildi


O‘FF mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy izlash ishlari bilan band. Tashkilot matbuot xizmati bu borada kimlar bilan muzokara olib borilayotgani masalasiga oydinlik kiritdi.

Ko‘rinishidan O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon tan olgan mutaxassislardan biri qabul qilib oladi. Nomzodlar orasida Yevropaning grand klublarida faoliyat olib borgan taniqli mutaxassislar bor.

Rossiya, Polsha, Xitoy va BAA chempionatlarida ishlagan ruminiyalik mutaxassis hozir 49 yoshda. U ayni paytda Ruminiyaning “CHFR” klubida faoliyatini davom ettirmoqda. Bunga qadar murabbiy sifatida Amirliklarning “An-Nasr”, Rossiyaning “Kuban”, “Dinamo” jamoalarida, Xitoyning “Szyansu Saynti” klubida, Qatarning “Ar-Arabi”sida va Polshaning “Visla” jamoasida ishlagan. U 2008, 2009 va 2011-yillarda Ruminiyaning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingan.

Muslin Serbiya milliy termasini JCh—2018 ga olib chiqib, kutilmaganda iste’fo bergandi. 64 yoshli mutaxassis o‘z vaqtida Belgiyaning “Standart”, Rossiyaning “Amkar”, “Krasnodar”, “Ximki”, “Lokomotiv”, Fransiyaning “Lans”, “Bordo” kabi nomdor jamoalarida ishlagan.

Mutaxassis 1999-yil Marokashning “Raja” klubini mamlakat chempioni qilgan. “Srvena Zvezda” bilan 2000 va 2001-yillar Yugoslaviya chempioni bo‘lgan, 2002-yil “Levski” jamoasini Bolgariya chempioni qilib, 2004-yil endi Serbiya va Chernogoriya chempionatining oltin medallariga ega chiqqan.

2010-yil Toshkentning “Paxtakor” klubini boshqargan 50 yoshli chernogoriyalik mutaxassis 2015-yildan buyon Livan termasiga ustozlik qilib kelayotgandi. U yaqindagina Livan bilan tanixiy natija qayd etib, jamoani tarixda ilk bor Osiyo Kubogining final bosqichiga saralash o‘yinlari orqali olib chiqdi.

Radulovich Kuvaytning “Al-Jahra”, “Kazma”, Portugaliyaning “Boavishta”, Rossiyaning “Dinamo” klublarida ham ishlagan. 2012-yilgi mavsum Chernogoriyaning “Buduchnost” klubi bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.

2016-yildan buyon “Chelsi”da yordamchi bo‘lib ishlab kelayotgan Alessio ham nomzodlar orasida bor. Bungacha u Italiya terma jamoasida ham Antonio Kontega yordam bergandi. Mazkur mutaxassis bilan Turinning “Yuventus” klubida ham birga ishlagan. U hozir 52 yoshda.

54 yoshli germaniyalik mutaxassis 2008-yildan 2011-yilga qadar Qozog‘istonda faoliyat olib bordi. Jumladan, ikki yil Qozog‘iston milliy termasiga boshchilik qildi. 2015—2017-yillar davomida Shtork Vengriya termasi murabbiyi sifatida ishladi. Bungacha 2006-yil bir mavsum Dortmundning “Borussiya” klubini boshqargandi.

O‘FF bilan bitim tuzishi mumkin bo‘lganlar orasida 63 yoshli xorvatiyalik Ivankovich ham bor. U ayni vaqtda Eronning “Persepolis” klubida faoliyat olib bormoqda. Bungacha Xorvatiyaning “Dinamo”, “Riyeka”, BAAning “Al-Vahda”, Saudiyaning “Al-Ittifoq”, Xitoyning “Shandong Lunen”, Germaniyaning “Gannover” klublarini boshqargan. Milliy termalar tasnifida 1998-yil Xorvatiya termasini qabul qilib olib, 1999-yilgacha faoliyat olib borgan. Eron milliy termasida ikki marta, umumiy hisobda 6 yil ishlagan. Orada fors olimpiyachilarini ham boshqargan.

Uning boshqaruvida Eron olimpiyachilari 2002-yil Osiyo O‘yinlarida zafar quchgan. Eron milliy termasi Osiyo Kubogining 2004-yildagisida 3-o‘rinni olgan. Ivankovich, shuningdek, Xorvatiya va Xitoy chempionatlarida ham zafar quchgan.

Bir necha kun oldin Londonning “Vest Hem” klubidan iste’foga chiqqan 49 yoshli murabbiy, 2006—2012-yillar davomida Xorvatiya milliy termasida ishlagan va muxlislar og‘ziga tushgan. Bilich, shuningdek, Moskvaning “Lokomotiv” va Istanbulning “Beshiktosh” klublarida faoliyat borgan. Uning jamoasi Turkiyada ikki marta bronza medalini qo‘lga kiritgan, Xorvatiyada chempion bo‘lgan.

Italiyalik 56 yoshli murabbiy ham Bilich kabi shu yil APL klubidan ketdi, ya’ni, “Uotford”dan. Bungacha u Italiyaning “Inter”, “Napoli”, “Sampdoriya” kabi klublarini boshqargan. 2012-yil “Napoli” bilan Italiya Kubogida zafar quchgan.

Va nihoyat, Saudiya Arabistoni termasini Jahon Chempionatiga olib chiqib, keyin iste’fo bergan gollandiyalik 65 yoshli murabbiy. U Gollandiyaning “Feyenoord”, Germaniyaning “Borussiya Dortmund” va “Gamburg” klublarida ishlagan. Gollandiya milliy termasini 4 yil boshqarib, 2010-yil shogirdlarini JAR—2010 finaliga qadar olib borgan va hal qiluvchi o‘yinda Ispaniyadan yengilgan — 0:1. 2002-yil “Feyenoord” Marveyk bilan UEFA Kubogida zafar quchgan, 2008-yil Gollandiya Kubogini yutgan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют