» » Infiniti Los-Anjelesdagi motorshouda o‘zining “mutlaqo yangi texnologiyalar”ga ega modelini namoyish etadi

Infiniti Los-Anjelesdagi motorshouda o‘zining “mutlaqo yangi texnologiyalar”ga ega modelini namoyish etadi


Noyabr oyining oxirida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan motorshouda Infiniti kompaniyasi o‘zining yangi modelini taqdim etadi, deb xabar berdi “Motor”.

Model haqida hozircha batafsil ma’lumotlar yo‘q — ishlab chiqaruvchi faqatgina bitta tizerni taqdim etdi, undan ko‘rish mumkinki, yangi model yo‘ltanlamas bo‘ladi.

Infiniti’ning ma’lum qilishicha, ushbu avtomobil marka dizaynerlik konsepsiyasini rivojlanishini ko‘rsatib beradi. U “mutlaqo yangi texnologiyalar”ga va o‘z klassida eng keng interyerga ega bo‘ladi.

Avvalroq, Infiniti kompaniyasi Los-Anjelesdagi shouga o‘z tarixidagi “eng mukammal” modelni tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.

Kompaniya 2019-yilga elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan edi. AQShdagi motorshouda premyerasi bo‘lishi kutilayotgan modelning ushbu elektromobilga aloqasi bor yoki yo‘qligi noma‘lum.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют