» » Britaniya iqtisodiyoti rivojlangan kuchli beshlik davlatlari qatoridan tushib ketdi

Britaniya iqtisodiyoti rivojlangan kuchli beshlik davlatlari qatoridan tushib ketdi


Buyuk Britaniya 2017-yilda iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatlar beshtaligidan chiqib ketdi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Filip Xemmondning so‘zlariga asoslanib, CNN xabar bermoqda.

Moliya vaziri, o‘z navbatida xalqaro valyuta jamg‘armasi ma‘lumotlariga asoslanmoqda. Reytingda Fransiya 2, 575 trillion dollar yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bilan Britaniyadan o‘zib ketdi. Qirollikda esa mazkur ko‘rsatkich 2,565 trillion dollarni tashkil etgan. Moliya vazirining ta‘kidlashicha, raqamlardagi yetishmovchilik uncha katta bo‘lmasa-da, keyingi yilda Fransiyaning reytingdagi pozitsiyasi mustahkamlanadi. Fransiya Buyuk Britaniyani 2013-yildan beri ilk marotaba iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar reytingida ortda qoldirdi.

Xemmondning so‘zlariga ko‘ra, statistika Britaniyadagi iqtisodiy o‘sishning keskin pasayishini ko‘rsatdi. Bu esa Yevroittifoqdan chiqish harakatlari bilan bog‘liq.

Funt sterling kursi tushdi, iste’mol xarajatlari pasaydi, narxlar esa aksincha, oshdi.

2017-yilda Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar beshtaligi reytingining birinchi o‘rnini AQSh(19,4 trillion dollar), ikkinchi o‘rnini Xitoy(11,9 trillion dollar), uchinchi o‘rnini Yaponiya(4,9 trillion), to‘rtinchi o‘rnini Germaniya (3,7 trillion dollar) egalladi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют