» » Qishda bolani to‘g‘ri kiyintirish qoidalari

Qishda bolani to‘g‘ri kiyintirish qoidalari


Qish faslida shamollash kasalliklarining oldini olishda bolaning qanday kiyinganligi katta ahamiyatga ega. Farzandingizning sog‘lig‘i to‘g‘ri tanlangan kiyimga ham bog‘liq.

Bolani ko‘chadagi ob-havodan kelib chiqib kiyintirish lozim. O‘zbekistonda qishdagi haroratni quyidagi diapazonlarga bo‘lish mumkin:

5 daraja iliq — 5 daraja sovuq: bunday haroratda bolaning kiyimi sinteponli korjoma (kombinezon), kolgotka, uzun yengli futbolka, jun patakli issiq poyabzal, ip gazlamali paypoq, issiq qo‘lqop va jun qalpoqdan iborat bo‘lishi lozim.

5 — 10 daraja sovuq: bolaga yuqoridagi kiyimlarga qo‘shimcha ravishda sintetika yoki ip gazlamadan bo‘lgan vodolazka, yupqa paypoq ustidan esa yana jun paypoq ham kiydirish zarur.

10 — 15 daraja sovuq: bunday havoda bolaning ustki kiyimi kapyushonli tivit (puxovoy) kombinezondan iborat bo‘lishi kerak. Issiq poyabzalni etikka almashtiring, qo‘lqopning ham qalinini kiydiring.

Bolani ob-havoga moslab kiyintirgan bo‘lsangiz-da, ko‘chaga chiqqanda uning ahvolidan xabardor bo‘lib turing, toki u qizib yoki sovib ketmasin.

Agar:

Agar:

Bundan tashqari, bolaning terlab va qizib ketganini quyidagi belgilar orqali aniqlash mumkin:

Qizib ketgan yoki sovuq yegan bolani zudlik bilan uyga olib kirish lozim. Oyoqlari muzlagan bo‘lsa, qo‘shimcha jun paypoq kiydiring yoki aksincha oyog‘i terlagan bo‘lsa, paypog‘ini boshqa quruq va yengiliga almashtiring.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют