» » Sirdaryo viloyatining 15 ta mahallasida 2017-yilning o‘tgan davrida birorta ham jinoyat sodir etilmadi

Sirdaryo viloyatining 15 ta mahallasida 2017-yilning o‘tgan davrida birorta ham jinoyat sodir etilmadi


Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, profilaktika inspektorlari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman va shaharlar kengashlari xodimlari ishtirok etdi.

Viloyatdagi 221 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, joriy yil o‘tgan davrida viloyatning 15 mahallasida birorta ham jinoyat sodir etilmagan.

Seminarda notinch oilalar bilan ishlashdagi muammolar, aholi bandligini ta’minlash borasidagi kamchiliklar jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkinligiga alohida e’tibor qaratildi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 17:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют