» » Afg‘onistonda yuz bergan terakt oqibatida 6 kishi vafot etdi

Afg‘onistonda yuz bergan terakt oqibatida 6 kishi vafot etdi


Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida 23-noyabr, payshanba kuni portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Terakt oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi.

Nangarxar viloyati gubernatori Ataulla Xogiyani portlash sodir bo‘lganini tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash tuman politsiyasining sobiq komandiri uyining yonida sodir bo‘lgan.

Guvohlarning aytishicha, portlovchi moslama xudkush terrorchi tomonidan harakatga keltirilgan.

Hozirga qadar bironta terrorchilik guruhi terakt javobgarligini o‘z zimmasiga olmagan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют