» » Ukrainada ovcharka itni o‘ldirgan shaxs 3,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Ukrainada ovcharka itni o‘ldirgan shaxs 3,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi


Ukrainaning Xarkov shahridagi Oktabr tumani sudi 51 yoshli erkakni ovcharka zotli itni buyurtma asosida o‘ldirgani uchun 3 yil va 4 oy qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. 

Xarkovning 40 yoshli fuqarosi mahalliy alkashni o‘z itini o‘ldirish uchun yollaydi va qo‘liga bolg‘ani tutqazadi. Buning evaziga mukofot sifatida bir shisha aroq va’da qiladi. U darrov ishga kirishadi va ovcharkani bo‘yinbog‘idan tutib, boshiga bolg‘a bilan uradi. 

Jonivorning ovozini eshitgan qo‘shni ayol hayvonlar himoyachilari va politsiyani chaqiradi. Biroq itni qutqarishning imkoni bo‘lmadi. 

Sud huquqbuzarni jonivorlar bilan shafqatsiz munosabatda ayblab, unga 3 yil va 4 oy qamoq jazosi tayinladi. O‘z itini o‘ldirishni buyurgan shaxs esa jinoyatga undash va sheriklikda ayblanib, 3 oyga qamaldi. U bunga nima sabab bo‘lganiga tayinli izoh berolmadi. 

Опубликовано: admin (23-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют