» » Rossiya mudofaa vazirligi yaqin vaqtda Suriya sharqida IShIDni tor-mor qilishini ma’lum qildi

Rossiya mudofaa vazirligi yaqin vaqtda Suriya sharqida IShIDni tor-mor qilishini ma’lum qildi


Yaqin vaqt ichida Frotning g‘arbiy qirg‘og‘i jangarilardan to‘liq tozalanadi, bu IShID terrorchilik guruhini tor-mor qilish bo‘yicha operatsiyani yakunlash imkonini beradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Suriya hukumat kuchlari Rossiya Havo-kosmik kuchlari ko‘magida Abu-Kamol shahri jangarilardan ozod qilingandan so‘ng Frot daryosi bo‘ylab hujum harakatlarini muvaffaqiyatli olib borayotganligi ta’kidlanadi.

“Rossiya harbiy maslahatchilari rahbarligida rejalashtirilgan hujum operatsiyasi doirasida Suriya qo‘shinlari general Hasan Suhayl qo‘mondonligida sutka davomida Al-Kraya aholi punktini IShID terrorchilaridan to‘liq ozod qildi”, — deya xabar beradi Rossiya mudofaa boshqarmasi.

Mudofaa vazirligi Frotning g‘arbiy qirg‘og‘i yaqin vaqt ichida hukumat qo‘shinlari tomonidan to‘liq ozod qilinishi va bu IShID qoldiqlarini tor-mor qilish bo‘yicha operatsiyani yakunlash imkonini berishini ta’kidlaydi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют