» » Toshkentda ketma-ket vafot etgan uch opa-singil olimi sababi malum boldi

Toshkentda ketma-ket vafot etgan uch opa-singil olimi sababi malum boldi


Toshkentda 8-noyabr kuni ketma-ket vafot etgan opa-singil Qosimovalarning olimiga dori vositalarining notogri berilgani sabab bolgan. Bu haqda, Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligi (SSV) Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot institutidagi manbaga asoslanib, UzNews xabar bermoqda.

Sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga kora, qizlar dori vositalarini notogri qabul qilganliklari uchun olamdan otgan. Qizlarga parazitlarga qarshi Vermoks preparati buyurilgan bolgan.

Biroq dorixona xodimi, shifokor yozuviga tushunmay, yurakka aloqador xastaliklarda qabul qilinuvchi Verapamil dori vositasini bergan. Dori vositasini qabul qilish oqibatida qizlarda kardiogen shok holati yuz bergan, deyiladi UzNews xabarida.

2010-yilda tugilgan Munisa, 2011-yilda tugilgan Muxlisa va 2013-yilda tugilgan Mohira Qosimovalar 8-noyabr kuni tibbiyot muassasalarida vafot etgan edi. Mazkur holat yuzasidan 9-noyabr kuni Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qozgatilgan.

Dastlabki xabarlarda qizaloqlarning olimiga notogri berilgan dori vositasi, tabib tayyorlab bergan damlama yoki kochadagi yemakxonadan olingan qiyma kabob sabab bolgan bolishi mumkinligi takidlangan edi. Ozbekiston Bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan aybdorlarni javobgarlikka tortish boyicha barcha choralar korilishini malum qilgan.

: admin (23-11-2017, 18:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -